Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🛣️ OPEN BUDJET — XALQ TANLOVI ASOSIDA YO‘LLAR OBOD!

Uzunko‘l mahallasida Istiqlol ko‘chasi asfaltlandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich Uzunko‘l mahallasidagi Istiqlol ko‘chasida Open budjet loyihasi doirasida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi.
✅ Obod yo‘llar — qulay hayot!
Mazkur loyiha aholining yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda mahalla obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.
📌 Open budjet — aholi tashabbusi, xalq manfaatlari va obod mahallalar sari muhim qadam!