Xotin-qizlar doimo e'tiborda
"Xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlari" kuni munosabati bilan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati O.Ergashova, N.Najmiddinova hamda tuman ichki ishlar bo'limi, "Abay" MFY faollari bilan hamkorlikda tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda notinch va nizoli oilalar bilan targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek oilaviy ajrimlarni oldini olish masalalari to'g'risida tushunchalar berib o'tildi. Ularning muammolari o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan huquqiy, psixologik ko‘mak berildi.