Xotin-qizlar doimo e'tiborda
"Xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlari" kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Nafisa Najmiddinova, Ozoda Ergashova hamda tuman Ichki ishlar bo'limi, MFY va OFY faollari bilan hamkorlikda tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda notinch va nizoli oilalar bilan targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Ularning muammolari o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan huquqiy, psixologik ko‘mak berildi.