Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqonobodda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Nurmamat Onorov 22-Chambil saylov okrugidagi Beliboylilik Odina boboning tomorqasida tashkil qilingan issiqxona bilan tanishdi
янв.21
Dolzarb haftalik doirasida mahallalarda hashar ishlarida deputatlar ham tashabbus ko‘rsatib o‘rnak bo‘lmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi tashshabbusi bilan “Oqmachit” mahallasida hashar yoʻli orqali ichki yoʻllar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi, tuman hokimi boshchiligida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” doimiy komissiyasi hamda “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyalarining QO‘SHMA yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Uyma-uy loyihasi doirasida aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Nodira Baynazarova "Beshbuloq" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Депутат фуқаролар учун сайёр қабул ўтказди.
Dehqonobodda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Bugun, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining 2025-yil 13-may kuni VII-chaqiriq 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman prokurori, gaz, elektr, yo‘l xo‘jaligi, hududiy boshqaruv organlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. 

Sessiya kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ijtimoiy soha va infratuzilma yo‘nalishida muhim masalalar o‘rin oldi. 

Xususan, chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, tabiiy gaz tarmog‘ini kengaytirish, elektr energiyasi ta’minotida barqarorlikni ta’minlash, nosoz transformatorlar va elektr ustunlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Tumandagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi. 

Shuningdek,
“Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, tumandagi 135 ta qabristonga rasmiy nom berish masalasi ham muhokama qilinib, bu borada aniq takliflar bildirildi. 

Mazkur sessiya davomida barcha dolzarb masalalar bo‘yicha mutasaddilarning axborot va hisobotlari tinglanib, muhim qarorlar qabul qilindi. Ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi. 

Slide 1 of 10