Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashiga 13-Paxtazavod saylov okrugidan deputat Xayitov Xayrulla Panji o‘g‘li tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Paxtazavod” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman IIB profilaktika inspektorlari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy ta’sirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan “Asr vabosi” deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish yuzasidan tadbir o‘tkazildi.