Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
17 сентябр 2026

O‘zbekiston va Koreya - yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam

imgO‘zbekiston va Koreya - yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va alohida strategik sheriklik munosabatlari bugun yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga yangi mazmun bilan boyib, savdo-iqtisodiy aloqalardan tortib sanoat, investitsiya, energetika, transport, ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalargacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2026 yil sentabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirayotgan davlat tashrifi O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligini yanada chuqurlashtirish, yangi investitsiya loyihalarini belgilash va ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘lmoqda. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Koreya investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, ta’lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishilmoqda. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilgani, Koreya Eksimbanki bilan esa 8 milliard dollarlik strategik hamkorlik dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilgani mamlakatimiz hududlari uchun ham yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu jarayonda viloyatlarning investitsiyaviy salohiyatini to‘g‘ri namoyon etish, xorijiy texnologiya va kapitalni hududlarning mavjud imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.