Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, xizmatlarning tezkorligi, ochiqligi hamda aholiga yaratilgan qulay shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, markazda fuqarolar uchun navbat kutish tizimi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari hamda xizmat ko‘rsatishda aholiga yaratilgan qulayliklar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. 

Fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yakunda Davlat xizmatlari markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda aholining roziligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 2