Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Tumanda kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Tumanda kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya raisi Asadov Sa’dullo Bo‘riqulovich boshchiligida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda komissiya raisi Asadov Sa’dullo Bo‘riqulovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarorining mazmun mohiyati bo‘yicha yana bir bor tushuncha berib. tumanda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tumanda kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Raxmonovning ma’ruzasi eshitildi.

 Shuhrat Raxmonov o‘z ma’ruzasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish, kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida tumanda qilingan ishlar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. So‘ng so‘zga Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya a’zolari S.Qosimov va D.Samatovalar chiqib o‘z fikr mulohalarini bildirdilar. Yig‘ilish savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi.

Slide 1 of 3