Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

#Kengashi_raisi_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida maktabda jami 532 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani, ularning ta’lim sifati va natijalari alohida e’tiborga loyiq ekani qayd etildi. Xususan, o‘quvchilarning 10 nafardan ortig‘i turli yo‘nalishlarda milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tumandagi boshqa ta’lim muassasalari orasida yetakchi o‘rinni egallashiga asos bo‘lmoqda.

Ta’kidlanganidek, mazkur maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘rganish yakunida ushbu ijobiy tajribani tumandagi boshqa maktablarda ham keng joriy etish, ilg‘or uslublarni ommalashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2