Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#deputatlik_faoliyati #jamoatchiilik_nazorati #Deputat_hududlarda

#deputatlik_faoliyati #jamoatchiilik_nazorati #Deputat_hududlarda

🏗🏡 Hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9-Sa’diy saylov okrugi deputati M.Jalolov o‘z saylov okrugi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini atroflicha o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida hududlarda yo‘l va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, hududlarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. 🌳🛣🌿

Shuningdek, deputat Mash’al MFY hududida infratuzilmani yaxshilash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi. ⚡️🚰🏘

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi. Ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash muhimligi alohida ta’kidlandi. 📌

🤝 Deputatlik nazorati doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilib, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, qulay va obod muhit yaratish asosiy maqsad qilib olinmoqda.

Slide 1 of 8