Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4P23J “M39 avtomobil yo‘lidan Sherobod shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 0–6 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, jumladan, Sherobod kanali ustidan qayta qurilayotgan ko‘prikdagi jarayonlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlar tomonidan mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi xavfsizligi va qulayligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3