Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasida joylashgan 12-son oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) faoliyati o‘rganildi.

Mazkur tibbiyot muassasasi nafaqat Xonchorbog‘, balki Elbek mahallasi fuqarosiga ham xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud sharoit, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlari faoliyati tahlil qilindi.

Xususan, Elbek mahallasida 5600 nafardan ziyod aholi istiqomat qilishi, xizmat ko‘rsatilayotgan jami fuqarolar soni esa 12 490 nafarga yetishi qayd etildi. Shuningdek, bepul dori-darmonlar turi 128 xilni tashkil etayotgani alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, aholi uchun sharoit yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan tavsiya berildi.

Slide 1 of 5