Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 4-Ravot saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi B.Tashpulatov tomonidan tumanda “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan texnikum talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda DXX tuman bo‘limi rahbari U.Rahmatov, tuman prokurori R.Masharipov hamda tuman IIB boshlig‘i U.Sultonovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talabalar tomonidan nazariy bilimlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonlarida kasbiy ko‘nikmalarni egallash darajasi, shuningdek bitiruvchilarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, “Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat tomonidan “Turar joy kommunal xo‘jaligi ustasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan texnikum o‘quvchilariga zamonaviy qurilish va santexnika jihozlari topshirildi. Bundan tashqari, mexanizator yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish maqsadida ularni tegishli xo‘jaliklarga biriktirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda kelgusida bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6