Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yangi uy-joylar ajratilmoqda

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yangi uy-joylar ajratilmoqda

Joriy yilning 24-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. M. Aminova, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M. Astanovalar tomonidan Navoiy shahrida nogironligi bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.Tashrif davomida “ART HAVUS” qurilish kompaniyasi tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun ajratilayotgan yangi uy-joylar ko‘zdan kechirildi. Mazkur xonadonlarda yaratilgan sharoitlar, ularning qulayligi va zamonaviy talablarga mosligi alohida e’tibor bilan o‘rganildi.Shuningdek, ajratilayotgan uy-joylarning fuqarolar ehtiyojidan kelib chiqqan holda barpo etilayotgani, ularda yashash uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi. Bu kabi ezgu ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.Tashrif jarayonida mutasaddilar tomonidan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan mulohazalar asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.Albatta, fuqarolarini ulug‘lagan yurtimizda inson manfaatlari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni munosib uy-joy bilan ta’minlash borasidagi bu kabi amaliy ishlar esa ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir.

Slide 1 of 12