Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Ehtiyojmand aholi holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich tumanning Bek-To‘pi va Al-Xorazmiy mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lanishi hamda nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatlarini o'rgandi.

Deputat A.Xusainovning yordamchilari tomonidan boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda uzoq yillardan buyon og‘ir xastalik sababli to‘shakka mixlanib qolgan fuqarolar holidan xabar olindi. Ularning har biri bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, hol-ahvoli so‘raldi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan ehsonlar ulashilib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik fuqarolar qalbida iliqlik uyg‘otib, ularga katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — aholining kam ta’minlangan qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan va doimiy parvarishga muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularning muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi xayrli ishlar jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, inson qadrini ulug‘lash va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4