Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat mahallada

 Muammo joyida o‘rganildi va yechim topildi 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari
bilan ishlash tizimli davom etmoqda. Bugun 13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugida
o‘tkazilgan qabulda kelib tushgan murojaat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
 

Hudud deputati M.Usmonova, Kengash kotibiyat xodimi G.Xudoyqulova hamda
mutasaddi tashkilot rahbarlari bevosita muammo aytilgan joyga chiqib, holatni
ko‘zdan kechirdilar.
 

Mahalladagi suv inshooti (bashnya)ni ushlab turuvchi sim toslar bo‘shab
qolganligi va uni qotirish ishlariga yaqin atrofdagi sim yog‘och xalaqit
berayotganligi aniqlandi. Ushbu holat inshoot xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkinligi sababli tezkor
choralar belgilandi.
 

Jarayonga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (MCHS) xodimlari jalb etildi.
Mutaxassislar tomonidan texnik xavfsizlik choralari ko‘rilib, qisqa muddat
ichida muammoni to‘liq bartaraf etish va aholini xavotirga solayotgan holatni
ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi.
  

Slide 1 of 2