Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Mahalla obodligi va qurilish sifati — doimiy nazoratda

Bugun Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi ijrosi asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi hamda Jarqo‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.

Tashrif davomida hududda aholi ehtiyojlari uchun yangi barpo etilayotgan loyiha qiymati 435 mlrd.so'mni va 84 xonadonga mo'ljallangan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilish holati ko‘zdan kechirildi.

Deputat qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi.

O‘rganish jarayonida quruvchi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan muloqot qilinib, mavjud kamchiliklar jumladan kanalizatsiya tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, mazkur turar-joy majmualari atrofida infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish ishlari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Hududdagi qurilish jarayonlari yakuniga qadar deputatlik va jamoatchilik nazorati ostida davom etishi belgilab olindi.

Slide 1 of 10