Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
AYOL DEPUTATLARGA EHTIROM

AYOL DEPUTATLARGA EHTIROM 

⚡️Bugungi kunda o‘zbek ayoli jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etib, nafaqat oila, balki davlat va hokimiyat boshqaruvida ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Ular o‘z fidoyiligi, bilim va tashabbuskorligi bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi tomonidan shahar Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

✅ Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov va Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'tkir Rashidov barcha ayol deputatlarni samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi. Ularning jamiyat rivojidagi o‘rni, tashabbuskorligi, fidoyiligi hamda hududlarni rivojlantirish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.

✅️Bayram munosabati bilan ayol deputatlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. 

Slide 1 of 2