Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Dilbar Do'squlova hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi Xayrullayev Samandar Nurli Pangat mahallasi yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni kutubxonaga tashrif buyurishiga bosh-qosh bo‘ldi.

Tashrif davomida yoshlar turli badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarni mutolaa qilishga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tashabbus yoshlar tomonidan iliq kutib olinib, ular bo‘sh vaqtlarini foydali va mazmunli o‘tkazish muhimligini yana bir bor anglab yetishdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish hamda kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3