Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Jumladan, mazkur seminar-treningda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda bosh mutaxassislari ham faol ishtirok etishdi.

Seminar davomida Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri va samarali yoritish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek axborotlarni tezkor va xolis yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlik faoliyati, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishlarini mazmunli hamda tizimli yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda faol va mazmunli ishlash orqali Kengashlar faoliyatini aholiga yaqinlashtirish, ularning ochiqligini ta’minlash hamda fuqarolar ishonchini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Seminar yakunida axborot siyosati va media ishlarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan muloqotni kuchaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy)

Slide 1 of 8