Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
"Mahalla yettiligi" faoliyati deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 10-At-Termiziy saylov okrugi deputati Rano Kabulova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan “O‘zbekiston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida shakllangan “Mahalla yettiligi” mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodimning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mahalla raisi va hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Matluba Choriyevaning xonadonida bo‘lindi.Bugun u yettilik ko‘magi bilan o‘zini-o‘zi band qilib, oilaviy daromad manbaiga ega bo‘ldi. Mahallada istiqomat qiluvchi tadbirkor Yo‘ldosh Jumayev tomonidan chet eldan keltirilgan zotdor echkilarni parvarishlash jarayoni bilan ham tanishildi. Bu kabi loyihalar mahalla yettiligi va tadbirkor hamkorligining mahalla iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan hissasidir. O‘rganish yakunida deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1