Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR BO‘YICHA KOMISSIYA YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi huzuridagi “Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya Nizomi va komissiya tarkibi” tasdiqlangan. Komissiya
kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga oid mahalliy ijro organlariga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishda Kengashga ko‘maklashuvchi organ hisoblanadi. Ushbu komissiya har oyda majlislarida kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilib borish, shuningdek, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotlari eshitilishini ta’minlashi kerak. Shu munosabat bilan bugun Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig`ilishni komissiya raisi Sh.Abduvoxidov olib bordi. Komissiya majlisida kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Parkent tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘lim boshlig‘ining axboroti eshitilib muhokama qilindi va komissiya o‘z takliflarini bildirdi.
 

Slide 1 of 5