Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat soʻrovi

Zomin tumani Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb ijtimoiy yordam va tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

Jumladan, mahallaning Bostonlik 1-ko‘chasida yashovchi fuqaro Eshqulova Matluba Abdug‘affor qizi o‘zining 4 yoshli farzandi Kuchiev Yusufbekni davolatish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaro farzandining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo mavjudligi, uni davolash uchun zarur mablag‘ va tashkiliy yordamga ehtiyoj sezilayotganini bildirdi.

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurova Nasiba ham farzandini operatsiya qildirish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi. U o‘z murojaatida barcha zarur tibbiy hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgan bo‘lishiga qaramay, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan operatsiya uchun yo‘llanma ajratilmayotganini ta’kidladi. Mazkur holat fuqarolar tomonidan haqli e’tiroz va noroziliklarga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Uchrashuv davomida ko‘tarilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan bolalarning sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha zarur tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish masalalari nazoratga olindi va tuman tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1