Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

#jamoatchilik_nazorati #PQ62

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hududlarda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, kotibiyat mudiri B.Mo‘ydinov hamda Kengashning bosh mutaxassislari Andijon shahridagi “O‘zbekiston” MFY hududida joylashgan Amir Temur shox ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatish komplekslari qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan qurilish jarayonlarining borishi, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari, hududni obodonlashtirish hamda kelgusida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami haqida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur komplekslar ishga tushirilishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholiga zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.

Shuningdek, Kengash rahbariyati qurilish ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 6