Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#deputat_sorovi 📌 Do‘stlik mahallasidagi yo‘llar muammosi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna tomonidan 2026-yil 18-mart kuni Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ibragimov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur so‘rov aholi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida shakllantirildi. Unda “Do‘stlik” mahallasi Yangiravot qishlog‘i ichki ko‘chalarining nosoz holati, ayniqsa yog‘ingarchilik paytida yuzaga kelayotgan muammolar ko‘tarilgan.

🔹 Ko‘chalarda yomg‘ir suvlari to‘planib, ko‘lmaklar hosil bo‘layotgani

🔹 Aholining erkin harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani

🔹 Hudud infratuzilmasini yaxshilash zarurati

kabi masalalar deputat so‘rovida alohida ta’kidlangan.

🛠 Deputat tomonidan mazkur hududni joyiga chiqib o‘rganish hamda ichki ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

⏳ Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda javob taqdim etilishi belgilangan.

✅ Hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay sharoit yaratish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi. 

Slide 1 of 3