Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMOLAR YECHIMI NAZORATDA

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna tomonidan hududdagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratilib, tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovi Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarning obodonlashtirish boshqarmasiga yo‘llanib, unda Chilonzor tumani 1-Beshyog‘och saylov okrugi hududidagi muammolar ko‘tarildi.

Xususan, Beshyog‘och ko‘chasidagi suv bo‘yida:

          jinoyatchilikning oldini olish,

         favqulodda vaziyatlar, jumladan yoz mavsumida cho‘kish holatlarining oldini olish,

         hududda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish masalalari aholining murojaatlari asosida alohida qayd etildi.

️Deputat tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotdan aniq choralar ko‘rish, shuningdek, asoslantirilgan tushuntirish yoki rasmiy nuqtai nazar bildirish so‘ralgan.

Hududdagi mavjud muammolarni hal etish, aholi uchun xavfsiz va obod muhit yaratish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1