Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Guliston mahallasidagi muammolar bo‘yicha deputat so‘roviga rasmiy javob berildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 18-Guliston okrugi deputati Kim Marina Melisovnaning deputat so‘roviga Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. 

Javob xatida deputat murojaatida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilingan. 

Avvalo, murojaatda keltirilgan Guliston mahallasi hududida joylashgan 36-ko‘p qavatli uy oldi hududini obodonlashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Ushbu hududda yomg‘ir suvlarini oqizish uchun irrigatsiya tizimini qayta qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. Mazkur ishlar manzilli ro‘yxat tasdiqlanib, zarur mablag‘ ajratilgandan so‘ng amalga oshirilishi ma’lum qilingan. 

Shuningdek, javob xatida Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning liftlarini yangilash masalasi yuzasidan ham ma’lumot berilgan. Xususan, 2026 yil uchun manzilli dastur shakllantirilgan bo‘lib, ushbu dasturga muvofiq 9 ta ko‘p qavatli uydagi liftlarni yangisiga almashtirish ishlari rejalashtirilgan. 

Ma’lum qilinishicha, liftlarni yangilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va 2027 yilda ham tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida mazkur ishlar davom ettiriladi. 

Mazkur javob Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari K. Xamraev tomonidan imzolangan.