Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev tomonidan Tut tagi MFYda saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Mazkur uchrashuvda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, hudud deputati X.Abdurahmonov, shahar Kengashi deputati A.Mahkamov, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov hamda mahalla yettiligi, obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, kommunal soha vakillari ishtirok etdilar.
🔹Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, Bobur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagiga noqonuniy to‘siqlar o‘rnatilgani, mahalla guzari binosini ta’mirlash zarurati hamda infratuzilma bilan bog‘liq boshqa muammolar ko‘tarildi.
🔹Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Ayrim masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish, qolgan murojaatlarni esa belgilangan tartibda nazoratga olib deputatlik oʻrganishi tashkil etish belgilandi.
🔹Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 10