Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova tomonidan qonunchilikka muvofiq, tuman hokim o‘rinbosari Avazbek Alashukurov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

📄 So‘rovda ko‘tarilgan masala:

⚽️ Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasida joylashgan bolalar o‘yingohi hudud aholisi, ayniqsa mahalla yoshlari va bolalari tomonidan keng foydalanib kelinmoqda. Mazkur o‘yingoh bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq yog‘ingarchilik kunlari ushbu maydon hududida suv to‘planib, ko‘lmak holatga kelib qolmoqda hamda ayrim hollarda suv bir haftagacha saqlanib qolayotgani kuzatilmoqda (rasm ilova qilinadi). Natijada bolalar suvli maydonda o‘ynashga majbur bo‘lib, bu esa ularning sog‘lig‘i uchun ma’lum darajada xavf tug‘dirishi mumkin

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi. 

Slide 1 of 1