Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUZASIDAN MA’LUMOT

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 15-Bahor saylov okrugi deputati A. Tojiyev tomonidan Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Mazkur deputatlik so‘rovida Sherobod tumani “Bahor” mahallasi, Furqat ko‘chasining birinchi qismida 6 ta xonadon elektr energiyasiga amaldagi xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagan holda ulanganligi qayd etilgan. Xususan, elektr tarmoqlari qo‘shni uylar ustidan tartibsiz va me’yorlarga zid ravishda o‘tkazilgani sababli yong‘in xavfi yuzaga kelish mumkinligi ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan mazkur hududda elektr uzatish sim ustunlarini o‘rnatish hamda taxminan 60 metr masofada joylashgan eng yaqin transformator liniyasiga qonuniy tartibda ulab berish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

Ushbu murojaat Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan o‘rganib chiqilddi va “Bahor” mahallasi Furqat ko‘chasida yashovchi 6 ta xonadon elektr ta’minoti 218-sonli transformator punkti (TP)ga ulanish orqali tartibga keltirilib, amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Slide 1 of 3