Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Ziyokor mahallasida obodonlashtirish ishlari va muammolar o‘rganildi

Ziyokor mahallasida obodonlashtirish ishlari va muammolar o‘rganildi

Joriy yilning 17-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanovа Gulshan Zokirovna Navoiy shahridagi Ziyokor mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.Tashrif davomida mahalla hududida obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirildi. Xususan, daraxtlar ekilib, ko‘chalar tozalandi, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.Deputat mahalla hududini aylanib chiqib, infratuzilma holati, yo‘llar sifati, ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa dolzarb masalalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.Aholi tomonidan asosan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, hududni yanada obodonlashtirish hamda bandlik masalalariga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan alohida e’tiborga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.Mazkur tashrif davomida amalga oshirilgan ishlar hududni yanada rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3