Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Toshiriqlar ijrosi ta’minlanmoqda.

 Mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari doirasida tuman hokimining topshiriqlari ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 17-“SharqYulduzi” saylov okrugi deputati Sh.Karimov boshchiligida biriktirilgan hududda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bir qator muhim ishlar bajarildi. 

Avvalo, mahalla hududlaridagi ko‘cha ustunlariga zamonaviy yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bu esa tungi vaqtlarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda jinoyatchilikni kamaytirishga xizmat qiladi. Yoritilgan
ko‘chalar aholining kundalik hayotida katta qulaylik yaratib, ayniqsa, yoshlar va keksalarning erkin harakatlanishiga imkon beradi.
 

Shuningdek, hududlardagi ariq va zovurlarni tozalash ishlari ham tizimli ravishda olib borildi. Ushbu ishlar natijasida suv oqimining to‘silib qolishi oldi olinib, sanitariya holati yaxshilandi. Tozalangan ariq va zovurlar nafaqat ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga, balki yoz mavsumida noxush hidlar va turli kasalliklar tarqalishining oldini olishga ham xizmat qiladi. 

Bunday keng ko‘lamli ishlar mahallalarda obodonlashtirish darajasini oshirib, aholining turmush sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Kelgusida ham bu kabi ishlarni davom ettirish orqali yanada qulay, ozoda va xavfsiz yashash muhitini yaratish rejalashtirilgan.  

Slide 1 of 6