Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashi Yoshlar maslahat guruhi raisi
янв.21
Davlatobod tuman Xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Кенгаш ва адлия бўлими ташаббуси билан Гулобод МФЙда ҳуқуқий тарғибот тадбири
янв.21
“Kelajagimiz bo‘lmish – yoshlarimiz tarbiyasiga yangi yondashuv”
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman kengashi 18-ZIYOKOR saylov okrugi deputati faoliyatidan
Deputat “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Deputat “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Xo‘shboqov “Bog‘iston” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi KQ-35-son qarori ijrosi doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” asosida Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini manzilli o‘rganish va samarali nazoratni amalga oshirish rejasi doirasida 2026-yil Hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ko‘zdan kechirildi. Xususan, “Bog‘iston” mahallasida qurilayotgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasi loyihasi bilan tanishildi. O‘rganish jarayonida mazkur shahobchani ishga tushirish muddati hamda uning ishga tushirilishi natijasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish maqsadida fuqarolar xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bir qator murojaatlar bildirildi. Jumladan, issiqxonachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qo'shimcha tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish uchun subsidiya ajratish masalasida murojaat qildi. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 13