Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 “Oqtepa” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat A. To‘xtashov ishtirokida “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning joylarda ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida saylovchilarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etish choralarini ko‘rish uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Tadbir yakunida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, aholi bilan bunday ochiq muloqotlar kelgusida ham muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.

📎 Eslatib o‘tamiz, bunday uchrashuvlar hududdagi muammolarni bevosita joyida o‘rganish, aholi bilan muloqotni mustahkamlash hamda fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5