Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Jalaquduq tumanida yoshlar uchun stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

              Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni nishonlanadigan “Yoshlar kuni” munosabati bilan Jalaquduq
tumani Teshiktosh hududidagi 37-sonli umumta'lim maktabida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.Musobaqada tuman Kengashi deputatlari B. Bazarova, Z. G‘ofurova, S. Rayimqulova va O. Xolmurodovlar ishtirok etishdi. Shuningdek, maktab jamoasi va hududdagi yoshlar faol qatnashdi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish, shuningdek, jamoaviylik ruhini mustahkamlashdan iborat edi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, raqobatbardosh ruhda bellashdilar.Tadbir davomida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va sportga qiziqishni oshirish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, musobaqa natijalari bo‘yicha g‘olib va faol ishtirok etgan yoshlarga diplom va
esdalik sovg‘alari topshirildi.Tuman mutasaddilari, shuningdek, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish va sport tadbirlarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarga to‘xtalishdi. Ushbu tashabbus yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga undash borasida muhim qadam sifatida baholandi.  

Slide 1 of 6