Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#qutlov #bayram

Bahorning ilk ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida bayramona shukuh hukmron bo‘ldi.

Kengashning faol, tashabbuskor va fidoyi ayol deputatlarini bayram bilan qutlash maqsadida Kengash yigitlari tomonidan o‘ziga xos tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov so‘zga chiqib, barcha ayol deputatlarni, shahar rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi:

"Sizlarning nafaqat oila mustahkamligida, balki jamiyatimiz siyosiy hayotida, shahar obodonchiligi va aholi muammolarini hal etishdagi o‘rningiz beqiyos. Bahoriy go‘zallik va nafosat Sizlarni aslo tark etmasin!"

Bayramning eng hayajonli daqiqalarida Kengash raisi va erkak deputatlar tomonidan ayol hamkasblarga gullar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv nafaqat bayram tabrigi, balki deputatlar orasidagi o‘zaro hamjihatlik va hurmatning yorqin namunasi bo‘ldi. Zero, ayol borki, olam munavvar, jamiyatda adolat va mehr barqarordir.

Slide 1 of 5