Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#amaliy natija #faollik

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Yaqinda deputatning "Zarbuloq" mahallasi aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida fuqarolar tomonidan muhim masala ko‘tarilgan edi. Xususan, Ma’rifat ko‘chasidagi tungi yoritgichlar ishdan chiqqanligi, ayrimlari esa kuyib qolganligi sababli ko‘cha qorong‘u bo‘lib qolayotgani haqida murojaat qilingan.

✅Amaliy natija

Aholi murojaatini tinglagan Faxriddin Matasimov masalani kechiktirmasdan hal etishga kirishdi:

Tezkor chora: Shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik  murojaati bilan chiqdi.

✅Murojaat  asosida mutaxassislar jalb etilib, Ma’rifat ko‘chasidagi 10-11-uy oldilari hamda Marifat 2-tor ko'chalaridagi  barcha nosoz yoritgichlar qisqa fursatda ta’mirlandi va yangisiga almashtirildi.

"Xalq vakilining vazifasi — odamlarning og‘irini yengil qilish va hududdagi muammolarga yechim topishdir."

Bugungi kunda Ma’rifat ko‘chasi tunda yana yorug‘ va xavfsiz holatga keltirildi. Bu kabi xayrli ishlar mahalla ahlining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 5