Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#o'rganish

Olmaliq shahrida tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan reklamalari va peshlavhalarning qonuniyligini o‘rganish maqsadida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, deputat Faxriddin Matasimov hamda shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Subxonqulovlar tomonidan shahrida tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan reklamalari va peshlavhalarning qonuniyligi o'rganildi.

O'rganish jarayonida shahardagi tadbirkorlik subyektlarining reklama va peshlavhalari quyidagi mezonlar asosida ko‘zdan kechirildi. Yozuvlarning o‘zbek tili imlo qoidalariga muvofiqligi, 

Reklama matnlarining 2022-yildagi yangi tahrirdagi Qonun talablariga mos kelishi,

Tashqi ko‘rinish shahar ko‘rkiga va ma’naviy-ma’rifiy me’yorlarga mosligi ko'rib chiqildi.

Tadbirkorlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ona tilimizning nufuzini saqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash — barchamizning burchimizdir.

Slide 1 of 7