Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#nazorat #deputat faoliyati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketish tizimi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

Kuni kecha deputat Oybek Qurolboyev o‘z saylov okrugidagi Abdulla Avloniy mahallasida;Shodiya Alijonova "Kamalak" mahallasida bo‘lib, chiqindi tashish grafiklariga rioya etilishi holatini ko‘zdan kechirdi.

✅ Abdulla Avloniy mahallasi: O‘rganish davomida ushbu hududda chiqindilar belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketilayotgani va aholida bu borada e’tirozlar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

⚠️ "Kamalak" mahallasi: Mazkur mahalla hududida chiqindilarning to‘planib qolish holati aniqlandi. Muammo joyida deputat tashabbusi bilan hal etildi: maxsus texnikalar jalb qilinib, to‘planib qolgan chiqindilar to‘liq olib chiqib ketilishi ta’minlandi.

🛡 Jamoatchilik nazorati davom etadi.

Bu kabi o‘rganishlar shunchaki nazorat emas, balki aholi farovonligi yo‘lidagi amaliy ko‘makdir. Tozalik va tartib borasidagi tadbirlar shahrimizning barcha okruglarida deputatlar tomonidan tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Mahallangiz tozaligi nafaqat mas’ul idoralarga, balki har birimizning e’tiborimizga ham bog‘liq.

Slide 1 of 6