Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
🚧 Maktabga olib boruvchi yo‘l masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Safarova tomonidan Ishtixon tumani “Mohpar” mahallasi Xolajon qishlog‘ida joylashgan 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘l holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Hududda aholi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur yo‘lning holati qoniqarsiz ekani, ayniqsa yomg‘irli mavsumda yo‘l loyqa holatga kelib qolishi natijasida o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun harakatlanishda qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, yoz oylarida chang ko‘tarilishi ham fuqarolar, ayniqsa maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha noqulayliklar tug‘dirmoqda. Mazkur yo‘l orqali har kuni ko‘plab o‘quvchilar ta’lim muassasasiga qatnab kelishi ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshirmoqda.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Xolajon qishlog‘idagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lni shag‘allashtirish, texnik talablar asosida ta’mirlash hamda hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi kiritildi.

📌 Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda rasmiy javob taqdim etilishi lozim.

Slide 1 of 1