Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Qiyot mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Shaxodat Raximova tomonidan Qiyot mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi Egamov Zayniddin tomonidan 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, mahalla fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun kredit mablag‘lari ajratilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mahallada hokim yordamchisi tashabusi bilan 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ulardan 2 nafari “Oson ish” platformasi orqali ishga joylashtirilgan. Bundan tashqari, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida vaucher asosida o‘quv kurslariga yo‘naltirish ishlari ham olib borilmoqda.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida 8 ta mikroloyiha shakllantirilgan bo‘lib, shundan 4 tasi amaliyotga joriy etilgan. Mazkur loyihalar natijasida 8 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

O‘rganish yakunida mahallada aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2