Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
🏥 Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Ishtixon tumani “Mohpar” mahallasi Xolajon qishlog‘ida joylashgan tibbiy konteyner asosida tashkil etilgan tibbiyot punkti faoliyatini qayta tiklash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga tegishli tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Ishtixon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoni hamda shu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qarorlar asosida Ishtixon tumani tajriba-sinov hududi sifatida belgilangan.

Mazkur tizimga ko‘ra hududdagi birlamchi tibbiy muassasalar oilaviy poliklinikalar tizimi asosida qayta tashkil etilib, tibbiy xizmat ko‘rsatish hududiy tamoyil asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Shu sababli “Mohpar” mahallasi Xolajon qishlog‘idagi tibbiy konteynerda joylashgan tibbiyot punkti hududi yaqin joylashgan 1-tip oilaviy poliklinikaga biriktirilgani, mazkur hududda alohida oilaviy poliklinika tashkil etish imkoniyati mavjud emasligi bildirilgan.

📌 Mazkur masala yuzasidan kelgusida ham aholi uchun qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha deputat nazorati davom etadi. 

Slide 1 of 1