Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyatida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Ushbu sohalarda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek faoliyatda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, qizil va sariq toifaga tushib qolgan maktablar faoliyatini o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan sohadagi tashkilot va muassasa rahbarlariga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib borish uchun savolnoma ishlab chiqilib, nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish maqsadida ishchi guruhlar tuzish hamda kelgusida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 6