Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiya yig`ilishi bo`lib o`ti

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan Guliston shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hamda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirildi, kun tartibidagi masalalarni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish ma’qullandi.