Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
“AYOL BAXTLI BO‘LSA — JAMIYAT BAXTLI BO‘LADI!” SHIORI OSTIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Mirzacho‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa — jamiyat baxtli bo‘ladi!” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — 9-maktab jamoasi

🥈 2-o‘rin — 12-DMTT jamoasi

🥉 3-o‘rin — yoshlar jamoasi qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. “Eng yaxshi jamoa sardori” nominatsiyasi 59 yoshli G.Jo‘rayevaga, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi 15-DMTT tarbiyachisi M.Dehqonovaga, “Eng yosh o‘yinchi” nominatsiyasi esa Abiyeva Ruxsoraga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga pul mukofotlari, Direktor kubogi, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur sport musobaqasi jamoalarda hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ayollarga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni yanada oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4