Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Damariq mahallasida yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Jamol Mavlyanov o‘z saylov okrugidagi Damariq mahallasi hududdagi eng dolzarb muammolardan biri — mahallaning assosiy yo‘llarining holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi mavjud yo‘llarning bugungi kundagi holati, ularning ta’mirtalabligi, ayrim ko‘chalarda harakatlanish uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda yog‘ingarchilik mavsumida yo‘llardan foydalanishda aholi duch kelayotgan muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, yo‘l qoplamasining eskirgani va transport vositalari harakatlanishi qiyinlashgani mahalla aholisi tomonidan asosiy muammolardan biri ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan mahalla hududagi asosiy yo‘llarni ta’mirlash, ularni bosqichma-bosqich tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan mutasaddi idoralarga takliflar kiritish hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish rejalashtirildi. 

Slide 1 of 4