Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Chag‘atoyda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna Chag‘atoy mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholashga alohida e’tibor qaratildi.
Shu jumladan:

  • Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash jarayonlari,
  • Aholining turli ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash va manzilli yondashuv asosida xizmat ko‘rsatish,
  • Fuqarolar bilan ishlash tartibi va murojaatlarni tezkor va samarali hal etishni batafsil o‘rganildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va yordamlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga bir qator tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, ijtimoiy xodimning amaliy ishlari doimiy nazorat ostida bo‘lishi, xizmat sifatini oshirish va aholiga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur amaliyotlar orqali mahalladagi kam ta’minlangan oilalarning hayot sharoitlarini yaxshilash, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi ishlar yanada samarali tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Slide 1 of 2