Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat Yoshlar bilan!

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Odilov 20-“Tasmachi” saylov okrugidan saylangan bo‘lib tumanning
Tasmachi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-umumta’lim maktabining bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning faolligini oshirish, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar tomonidan ta’lim, ish bilan ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlikni
rivojlantirish, kredit va grantlardan foydalanish, yoshlar siyosatiga oid davlat dasturlari haqida bir qator savollar o‘rtaga tashlandi.
 

Tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Odilov tomonidan mazkur masalalar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi, yoshlarning taklif va tashabbuslari diqqat bilan tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish, huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan deputatlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlab, ishonchli hamkorlik muhitini yaratishga,
yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, samarali hal etishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 2