Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
“Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan yig‘ilish o‘tkazildi

 “Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi hamda deputat ishtirokida “Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, hududni obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Muhokamalar jarayonida mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi mahalla binosi qurilishining borishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mahallalarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Slide 1 of 4