Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Sessiya oldidan muhokama yig‘ilishi

            Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni har tomonlama puxta tayyorlash, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rganish hamda tegishli taklif va xulosalarni shakllantirish maqsadida mazkur masalalar tuman Kengashi raisi boshchiligida dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi. Dastlabki muhokama jarayonida kun tartibiga
kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarning dolzarbligi, ularning tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri, amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlar tomonidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, mazkur masalalarni samarali amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va istiqbolda belgilangan vazifalarni izchil
ta’minlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Muhokama davomida taklif etilayotgan qaror va tashabbuslarning aholi farovonligini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi. Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, tayyorlangan masalalarni belgilangan tartibda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi. 

   

Slide 1 of 4